Özbekiston Respublikasi Prezidentining 13 iyuldagi «Mahalla iftixori» kökrak nişonini ta'sis etiş töğrisidagi qarori e'lon qilindi.

«Jamiyatimizda fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining örni va rolini kuçaytiriş, joylarda ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlaş, millatlararo döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, yoş avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş, aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş, mahalla fuqarolar yiğinlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş işlariga munosib hissa qöşib kelayotgan faol, taşabbuskor fuqarolar va jamoatçilik tuzilmalari vakillarini taqdirlaş maqsadida hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-4944-sonli Farmoniga asosan «Mahalla iftixori» kökrak nişoni ta'sis etilsin», deyilgan ÖzA tomonidan keltirilgan qaror matnida.

Kökrak nişoni bilan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham taqdirlanişi mumkin. 

Kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid takliflar mahalla fuqarolar yiğinlari tomonidan (fuqarolar vakillarining yiğilişlari qarorlari asosida) Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman (şahar) kengaşlariga beriladi. 

Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman (şahar) kengaşlarining kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid takliflari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hududiy kengaşlari tomonidan körib çiqilib, har yilning 1 may sanasiga qadar Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşiga (keyingi örinlarda – Respublika kengaşi) taqdim etiladi. 

Kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid takliflarni körib çiqiş tartibi Respublika kengaşi tomonidan belgilanadi. 

Kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslar eng kam oylik iş haqining tört baravari miqdorida bir yöla tölanadigan pul mukofoti oladilar. 

Bir yöla tölanadigan pul mukofotlari Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. 

Kökrak nişoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mustaqillik kuni bayrami arafasida Respublika kengaşi raisi (yoki uning topşiriğiga binoan boşqa mas'ul şaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topşiriladi.