Toşkent viloyati IIBda bölib ötgan matbuot brifingida içki işlar idoralarining 7-13 iyul kunlari viloyat kesimida amalga oşirilgan işlari yuzasidan axborot berildi. Xususan, viloyatning bir neça tumanida öğrilik jinoyatlari foş etilgani ma'lum qilindi. 

5 iyul kuni Yuqoriçirçiq tuman IIBga şu tumanda yaşovçi K.A. ariza bilan murojaat qilgan. U joriy yilning 2 iyul kuniga ötar keçasi noma'lum şaxs heç kim yöqligidan foydalanib, uyi oldida qarovsiz qolgan tegişli «Kobalt» rusumli avtoulovidan umumiy narxi taxminan 5 mln sömlik 4 ta balonini disklari bilan yeçib öğirlab ketganini ma'lum qilgan. 

Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Zangiota tumanida yaşovçi, vaqtinça işsiz O.T. va Toşkent şahri Olmazor tumanida yaşovçi, vaqtinça işsiz, R.M. sodir etganligi aniqlanib, qölga olingan.

Yana bir öğrilik Yangiyöl tumanida sodir etilgan. 7 iyul kuni tuman IIBga Farğona viloyatida yaşovçi, vaqtinça işsiz T.G. ariza bilan murojaat qilgan. U öz arizasida joriy yilning 3 iyun kuni soat 12:30 larda noma'lum şaxs heç kim yöqligi va eşigi oçiq qolganligidan foydalanib, erkin yöl bilan Yangiyöl tumani Samarqand köçasida joylaşgan “Dehqon bozori” oldida turgan unga tegişli «Neksiya» rusumli avtoulovi salonidan narxi taxminan 1 mln 2 yuz ming söm bölgan 1 dona «Samsung Galaxy J1» rusumli uyali aloqa telefonini öğirlaganligini ma'lum qilgan. 

Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Yangiyöl tumanida yaşovçi, vaqtinça işsiz, Ş.R. sodir etganligi aniqlanib, uşlangan. 

8 iyul kuni Buxoro viloyatida yaşovçi X.X. ariza bilan Zangiota tumani IIBga murojaat qilib, joriy yilning 6 iyul kuni soat 07:00 dan 07:30 gaça bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxs, heç kim yöqligidan foydalanib, erkin yöl bilan kirib, Zangiota tumani hududida joylaşgan «Bek-baraka» savdo kompleksidagi dökonidan umumiy narxi taxminan 3 mln söm bölgan 50 dona erkaklar va bolalar köylaklarini öğirlaganini ma'lum qilgan. 

Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Surxondaryo viloyatida yaşovçi, vaqtinça işsiz J S. va ukasi, şu manzilda yaşovçi, vaqtinça işsiz I.S.lar  sodir etganligi aniqlanib, uşlangan.