Turkiya hukumati mamlakat milliy xavfsizlik Kengaşiga favqulodda holat rejimini yana uçga çözdiriş iltimosi bilan çiqişga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat boş vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi.

Vazirlar mahkamasi rahbarining eslatişiça, FH rejimining muddati 19 iyul kuni yakuniga yetadi.

«Hukumat a'zolari milliy xavfsizlik Kengaşiga FH rejimi muddatini uzaytiriş yuzasidan murojaat bilan çiqiş lozim, degan fikrda», - deya ta'kidlab ötdi Yildirim. Uning eslatişiça, Turkiyada 3 oylik FH rejimi ilk bora 2016 yilning 21 iyul kuni kiritilgan bölib, bu mamlakatda röy bergan töntarişga urinişdan söng yuz bergandi.

Turkiya boş vaziri 2016 yilning iyul voqealarini eslar ekan, şunday dedi: «Töntarişga uriniş kuni oxirigaça borişga qaror qildik, hamda kerak bölganda tahdidni yöqotiş uçun hayotimizni ham berardik. Bu qaror davlat rahbari bilan muvofiqlaştirilgan. Isyonçilarning rejalari faqatgina bir holatda – prezident va boş vazir jismonan yöq qilingan taqdirda, muvaffaqiyat qozonişi mumkin edi», - deya ta'kidlab ötdi Binali Yildirim.