Özbekiston Boş prokurori Ixtiyor Abdullayev 9-11 iyul kunlari Belarus Respublikasi Boş prokurori Aleksandr Konyukning taklifiga binoan uşbu davlatda taşrif bilan böldi.

Özbekiston delegatsiyasi taşrif davomida Belarus Boş vaziri örinbosari Mixail Rusiy bilan uçraşdi, Belarus Boş prokuraturasi, Oliy sudi, Tergov qömitasi va Adliya vazirligida uçraşuvlar ötkazdi.

Özbekiston delegatsiyasi belaruslik hamkasblariga sud-huquq sohasidagi özgarişlar, sud tizimini isloh etiş böyiça dasturni amalga oşiriş böyiça ma'lumotlar berdi.

Tomonlar ikki davlat hukumat delegatsiyalarining ötgan yilning oxiri va joriy yilning boşidagi taşriflari yakuni böyiça erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini körib çiqişdi.

Ixtiyor Abdullayev va Aleksandr Konyuk Toşkent şahrida may oyida imzolangan hamkorlik töğrisidagi idoralararo Bitimni amalga oşiriş böyiça özaro fikr almaşdi.

Ular prokurorlik faoliyatining aniq yönalişlari böyiça qöşma tadbirlarni taşkil etiş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilik bilan kuraş muammolarini tadqiq etiş imkoniyatlarini muhokama qilişdi.