Pavel Durovning Telegram messenjeri Indoneziya hududida bloklandi. Mamlakat aloqa axborot texnologiyalari vazirligi körsatmasi bilan şunday çora körilgan. Bu haqda CNN Indonesia xabar qilmoqda.
Vazirlik vakili bu xabarni tasdiqlar ekan, vazirlik uşbu masala böyiça bayonot hozirlayotganini bildirgan. Indoneziya fuqarolaridan biri Twitter sahifasi orqali Pavel Durovga murojaat qilib, uning messenjeri bloklanganidan xabari bor-yöqligiga qiziqqan.
«Bu ğalati. Biz Indoneziya hukumatidan heç qanday sörov yoki şikoyat olganimiz yöq. Biz suriştiruv ötkazib, bayonot beramiz», — degan Durov.
Avvalroq, Durov Telegram messenjerini yangilaşni tavsiya qilgani ma'lum bölgandi.












