“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida”gi Qonunga tuzatişlar loyihasi işlab çiqildi. U Savdo-sanoat palatasining forumida joylaştirilgan, deb xabar bermoqda Norma.uz. 

Bugungi kunda litsenziya berişda uning egasi (lisenziat) bilan litsenziya bitimi tuziladi. Bu litsenziya oliş va undan foydalaniş borasida u va litsenziyalovçi organ örtasidagi munosabatlarni tartibga soluvçi şartnomadir. U yozma ravişda ikki nusxada: taraflarning har biriga bittadan rasmiylaştiriladi. Qonun loyihasi bilan bu tartib-taomilni bekor qiliş taklif qilinmoqda.

Lisenziya beriş töğrisida qaror qabul qilingandan keyin uni oliş uçun talabgorning litsenziya talablari va şartlariga roziligini oliş talab qilinadi. Rozilik olinmagan taqdirda litsenziya beriş töğrisidagi qaror bekor qilinadi.

“Yagona darça” yagona markazlari orqali körsatiladigan davlat xizmatlari röyxatiga kiritilgan litsenziyalar YaIDXP orqali elektron hujjat şaklida rasmiylaştiriladi. Lisenziyani töxtatib turiş, töxtatiş va bekor qiliş töğrisida ham elektron xabarnoma yuboriladi.

Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.