Davlat rahbari Yunusobod tumanidagi «Shifo Nur» köptarmoqli tibbiyot markazida bölib, şifokor va bemorlar uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi. Kattalar va bolalarni konservativ va jarrohlik yöli bilan davolaş işlarini yölga qöyiş, uşbu yönalişda xorijning nufuzli klinikalari bilan hamkorlikni mustahkamlaş, malakali mutaxassislarni jalb etiş loyihasi bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

«Shifo Nur» köptarmoqli tibbiyot markazi 2013 yilda taşkil etilgan. 36 örinli markazda 60 dan ortiq malakali şifokor oftalmologiya, plastik jarrohlik amaliyotlari, pediatriya, kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, otolaringologiya, stomatologiya, fizioterapiya va optika yönalişlari böyiça aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatmoqda.
Tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlaş, tibbiy xizmat sifatini yanada oşiriş kerak, dedi Prezident. Amaliyotga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş bilan birga, ulardan samarali foydalanişni ham ta'minlaş, şifokorlar bilimi va malakasini muttasil oşirib boriş zarur.











