Amerikalik iqtisodçilar, ekspertlar va amaldorlar hazilakam vahimaga tuşib qolişmagan. Agar bir neça oy muqaddam AQŞda yuz beruvçi iqtisodiy inqiroz ehtimoli iljayiş va taajjub bilan kutib olingan bölsa, bugun moliyaçilarning kulişga tobi yöq. Endilikda yangi «Buyuk depressiya» haqidagi prognozlar amalga oşib bölmas narsa sifatida qarşi olinmayapti.

Morgan Creek Capital Management fondining axborot texnologiyalari böyiça direktori Mark Yusko ilgariroq AQŞda yaqin kelajakda yirik inqiroz röy berişi va uning oqibatlari ayançli bölişi haqida ogohlantirgan edi. Uning ogoh etişiça, Federal zaxira tizimining rağbatlar va soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni önglaş tomon bölgan harakatlari öxşamaydi, çunki Amerikada işga layoqatli aholi soni kamaymoqda, demakki, iste'mol darajasi ham pasaymoqda. 

Yuskoning qayd etişiça, öz amalida ikki muddat hukmronlik qilgan har qanday prezidentdan söng AQŞda albatta retsessiya röy beradi.

Xorijiy kompaniya rahbarining ayni paytda Trampning iqtidorga kelişi bilan Yangi «Buyuk depressiya» davri boşlanişi mumkin, 2017 yilning kuzi esa inqiroz uçun jönaliş nuqtasi bölib xizmat qiladi. Ekspertning fikriça, ayni damda ayni bölajak inqirozning barça şart-şaroitlari közga taşlanmoqda.

Ötgan haftada CNBC kanalida çiqiş qilar ekan, Yusko AQŞ Federal zaxira tizimining miqdorni yumşatişga qaratilgan, biroq aksiya bozorlarida ulkan sovun pufagi hosil bölişiga olib kelgan monetar siyosatining barça salbiy oqibatlarini qayd etiş mumkin, dedi. Ekspertning fikriça, ayni damda Amerika 1928–1929 yillardagi Guver yölidan bormoqda. 

Özining çiqişi davomida Yusko şuningdek, Tramp va Guver hokimiyat tepasiga Kongress respublikaçilar tomonidan boşqarilgan vaqtda kelganiga e'tibor qaratdi. Bundan taşqari, har ikki prezident ham davlatni boşqariş tajribasiga ega bölişmagan. Ayni payta AQŞda kredit ösişi, soliq yiğimi va boşqa muhim indikatorlar dinamikasi yomon, mamlakatning qarzi esa juda katta. Bularning barisi kuzgi inqirozga olib keladi.