Britaniya poytaxti London şahrida yana bir kislotali hujum amalga oşirildi, deb xabar qilmoqda Skotland-Yard.
15 iyulga ötar keçasi şahar şarqidagi Dagenem tumanidagi Ballards-road köçasiga politsiya bölinmasi çaqirilgan. Ikki erkak qandaydir "zaharli suyuqlik"ni sepib, mopedni öğirlamoqçi bölişgan.
Mopedni olib qoçolmagan bölişsa-da, politsiya ğarazgöylarni uşlay olgani yöq. Jabrlanuvçi şifoxonaga olib borilgan, tez tibbiy yordam körsatilgan javob berilgan.
Umuman, xabar qilinişiça, bir kunda Britaniya poytaxtida 5 marta kislotali hujum amalga oşirilgan.
Birinçi jabrlanuvçi mopedda harakatlanayotgan vaqtda ikki nafar noma'lum kimsalar kislota sepişadi. Şundan söng, ulardan biri mopedni öğirlaydi. Jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, boşqa şu kabi hujumlarda yana 4 kişi aziyat çekkan.
Hujumlarni uyuştirişda gumon qilib ikki ösmir qölga olingan.












