2017 yilning 28 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda noma'lum şaxs özganing mulkini oçiqdan-oçiq ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Mirzo Uluğbek tumani xududida fuqaro Nikolay Borisovdan (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) qöl sumkasi, uning içidagi "Sony Ericsson" rusumli uyali telefoni, pullari hamda boşqa mulkini egallab olgan. Bu haqda Toşkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi (talonçilik, ya'ni özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Alişer Tadjibayev sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.











