Venesuela prezidenti Nikolas Maduro agar «tinç va mojarolarsiz» ötsa, xalq referendumiga roziligini bildirdi. Bu haqda NTN24 telekanali xabar tarqatgan.

«Venesuelaliklarni siyosiy marosimlarni tinçlik bilan ötkazişga, bir-birining ğoyalariga hurmat saqlagan holda ötkazişga çaqiraman», — deya prezident sözlarini keltirgan telekanal.

Bundan avvalroq Nikolas Maduro özini iroqlik marhum siyosatçi Saddam Husaynga tenglaştirgani xabar qilingandi.

16 iyul kuni Venesuela muxolifati Ta'sis majlisi çaqirilişi qonuniyligi va saylovlar ötkaziş zarurati masalasi örtaga qöyiladigan referendum ötkazişga tayyorlanmoqda.