2017 yilning 13 iyul kuni taxminan soat 17:30larda içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Yaşnobod tumani hududida Vyaçeslav Derbenov uyida qonunga xilof ravişda 2 tup "naşa" giyohvandlik vositasini ekib, yetiştirayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (ta'qiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravişda ekiş va yetiştiriş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.