Bir guruh britaniyalik olimlar krossvordlar (boşqotirma) işlaş va boş miya salomatligi örtasida boğliqlik borligini aniqlaşdi. Mutaxassislar London bölib ötgan AAIC 2017 xalqaro konferensiyada şu mavzuda ma'ruza qilişdi, deb yozmoqda EurekAlert naşri.
Olimlar 50 yoşdan katta bölgan 17 ming soğlom kişi orasida sörov ötkazib, ulardan bir neçta vazifani ham ado etişni söraşgan. Natijada ma'lum bölişiça, har kuni turli xil boşqotirmalarni bajariş inson miyasi soğliğini yaxşilaydi va uning faoliyatini kuçaytiradi.
«Biz krossvordlarni köp işlaydiganlar bilan diqqatni talab etuvçi, mantiqiy va xotiraga doir vazifalarni bajaruvçilar örtasida boğliqlikni aniqladik», — degan tadqiqotning yetakçi muallifi Kit Vesnes. Uning sözlariga köra, tadqiqotda iştirok etganlar orasida boşqotirmalarni köproq bajaruvçilar özlaridan 10 yoş kiçik bölganlar singari topşiriqlarni uddalaşgan.












