2017 yilning 17 iyul kuni “Özbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasi delegatsiyasining Bryussel şahriga taşrifi doirasida Turistik agentliklar va turoperatorlar Yevropa assotsiatsiyasi hamda Bandua Communications Unipressoal LDA (Belgiya) kompaniyasi rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar bölib ötdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar yakuniga köra, Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan Turistik agentliklar va turoperatorlar Yevropa assotsiatsiyasi örtasida Anglaşuv memorandumi, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan Bandua Communications Unipressoal LDA (Belgiya) kompaniyasi örtasida Özbekiston Respublikasi milliy turistik mahsulotini TV5 Monde kanallarida tarğib qiliş töğrisida şartnoma imzolandi.