Amerikalik taniqli aktyor Martin Landau 90 yoşida hayotdan köz yumdi. U 1995 yilda «Oskar» mukofotini «Ikkinçi plandagi eng yaxşi rol» yönalişida qölga kiritgandi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter.

Aktyor vakilining xabar berişiça, Landau Kaliforniyadagi Ronald Reygan tibbiy markazidan çiqqaç, «kutilmagan asoratlardan» vafot etgan.

Landau Bruklinda 1928 yilning 20 iyun kuni tuğilgan. U öttizdan ortiq filmlarda suratga tuşgan. Ular orasida: «Şimoli-ğarb orqali şimolga», «Payraha», «Mudrab yotgan jarlik» kabilar bor.

Landau «Oskar» mukofotini esa «Ed Vud» filmidagi roli uçun olgandi.