Husan Hakimov (ism-familiyalar özgartirilgan) öttiz yoşdan oşibdiki, na bir tayinli işning boşini tutdi, na uylanib, bir oilaga boş böldi. Betayin yurişlari, noqonuniy qadam olişi sabab muqaddam sudlanib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. Hukumat tomonidan unga bağrikenglik körsatilib, 2015 yilning noyabr oyida ozodlikka çiqadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Qilmişi uçun saboq olgulik jazoni ötab çiqqanidan söng ota-onasi, qarindoş-uruğlari uning insofga kelişidan umidvor bölişdi. Ammo Husan ularning umidlarini puçga çiqardi. Oradan yarim yilça vaqt ötib, mudhiş jinoyatga qöl urdi.
2016 yil aprel oyining sönggi kunlaridan biri. Husan keçki soat yettilarda örtoği Şoqosim bilan mahallasi hududidagi dökonga kirib, “şiringina” bölib qaytib çiqdi. Qadrdonlar darrov xayrlaşmasdan, taşqarida suhbatni davom ettirişdi. Ş.Murodov ketgaç, Husan dökonga qaytib borib, yana bir şişa aroq sotib oldi. Uyiga qaytarkan, qandaydir qöşiqlarni xirgoyi qilib, yöl-yölakay spirtli içimlik iste'mol qilib bordi. Bir mahal yonidan tugun kötarganiça şoşib ketayotgan ayol ötdi-yu, uning fikri buzildi.
Ayolning yolğizligiga işonç hosil qilgaç, miyasida çaqnagan buzuq niyatini amalga oşiriş harakatiga tuşib qoldi. Uning ortidan tuşib, yölning bir tomoni dala bilan tutaşgan qismiga yetganida “hujum”ga ötdi. He yöq, be yöq ayolga taşlanib, uni dala tomonga tortdi. Jabrlanuvçi baqir-çaqir qilib, unga qarşilik körsatdi. H.Hakimov uning boşiga şişa bilan urdi. Zarbdan çök tuşib qolgan ayol yana-da balandroq ovozda qiçqirib, yordamga çaqiraverdi. Xavotir va sarosimaga tuşib qolgan Husan butunlay idrokini yöqotdi. Xayolini “tinçitiş kerak” degan mudhiş fikr band qilib, qöllari şu buyruqqa böysundi. Yerdan toş olib, ojizaning hayotiga “nuqta” qöydi.
Qilğilikni qilib bölgaç, murdani közdan pana qiliş borasida boş qotira boşladi. Ayolning jasadini şundoqqina yöl yoqasidagi ğalla maydoniga olib kirib, ariq içiga taşladi. Bir insonning umriga zomin bölgani yetmaganidek, marhumaning qölidan umumiy qiymati 1 mln. sömlikdan oşiqroq bölgan uzugini va bir juft ziragini yeçib oldi. Avvaliga uni şu yerga taşlab ketmoqçi böldi. Biroq fikridan qaytib, marhumaning tanasini dala böylab sudraganiça özining yaşaş uyi tomorqasi etagiga olib keldi. Uyidan ketmon olib çiqib, jasadni kömib taşladi.
Bu kimsa xuddi keça tunda heç narsa bölmaganidek, ertasi kundan odatdagi hayotini davom ettirdi. Oradan ikki haftaça ötib, özi qazigan qabrdan xabar oldi. Qarasa, qabr itlar tomonidan kavlanib, jasad yer yuzasiga çiqib qolibdi. Qilmişi oşkor bölişidan yuragi orqaga tortib ketgan H.Hakimov murdani qazib olib, 2 ta polietilen qoplarga joyladi. Çökişi qulayroq bölişi uçun toşlardan ham solib, qoplarni tomorqasining orqa tomonidan oqib ötuvçi daryoga taşlab yubordi.












