Buyuk Britaniya muzeyi Özbekistonning örta asrlarga oid Islom madaniy yodgorligini tiklaşga yordam beradi. U öğirlanib, Özbekistondan olib çiqib ketilgan va keyinçalik London muzeyida paydo bölgan tarixiy buyumni qaytaradi. Bu haqda Gardian naşri yozmoqda.

Yirik islomiy xattotlik san'ati aks etgan koşinning balandligi yarim metr keladi. U 2014 yilda öğirlangan. Öğrilar buyumni YuNeSKO madaniy yodgorliklari röyxatiga kiritilgan va Buyuk Ipak yölidagi qadimgi şaharlardan biri Buxorodan 20 kilometr uzoqlikdagi 12-asrga oid yodgorlik peştoqidan köçirib olişgan.

Moviy rangli silliqlangan koşin Mayfair galereyasida sotiş uçun paydo bölgunga qadar, yöqolib ketgan deb hisoblangan.

Öğrilik rasman e'lon qilinmagan. Biroq yuqoridagi tarixiy majmuadan qaytgan oksfordlik olim uni Saymon Rey galereyasi tomonidan çop etilgan naşrda körib qolgan. 

Şundan söng, koşinni yaxşi niyatda xarid qilgan Rey zudlik bilan Britaniya muzeyiga qönğiroq qilib, xattotlik yodgorligining tiklanişini “ajoyib” iş bölardi, deya ta'riflaydi.

Şunday qilib, muzey şu haftada uşbu tarixiy aşyoni Özbekistonning Londondagi elçixonasiga topşiradi. 

Islomiy xattotlik namunasining öğirlangan qismining balandligi 52.5sm, eni 30.5 smni taşkil etadi. U Vobkentdagi Çaşmai Ayub yodgorlik majmuasiga tegişlidir. 

Britaniya muzeyining katta kuratori Jon Simpsonning Gardian gazetasiga aytişiça, “bu koşin muzeydan joy olişga arziydigan buyumdir”.

U, şuningdek, Hind va Islom madaniy yodgorliklari böyiça yetakçi diler hisoblanuvçi Reyning sa'y-harakatini “tahsinga loyiq”, deb atadi.

Şu bilan qiymati bir neça ön ming dollarga baholangan yodgorlik parçasi vatanga qaytadigan böldi.