Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi (EIQK) Amerika tomonini, agarda ular EIQKni terrorçilik guruhlariga tenglaştirsa hamda yangi sanksiyalarni kiritsa, bu AQŞning mintaqadagi qöşinlari uçun yomon oqibatlar keltirib çiqarişi bilan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«EIQKni terrorçilik guruhlariga tenglaştiriş va unga qarşi yangi sanksiyalarni kiritiş – Amerika va uning mintaqadagi harbiy bazalari hamda kuçlari uçun katta xatar keltirib çiqaradi», - deya aytib ötdi qurolli kuçlar ştabi boşliği general-mayor Muhammad Bakeriy.

Şu bilan birga, u amerikalik harbiylar bunday holatda nimaga duç kelişlariga oydinlik kiritmadi.

Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi – Erondagi nufuzli harbiy-siyosiy guruh bölib, mamlakatda milliardlab aktivlarga ega. Şuningdek, u Eron siyosiy tizimiga jiddiy ta'sir ham ötkaza oladi, deya ta'kidlaydi agentlik.