Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Hussayn Fariydun mablağ evaziga ozodlikka çiqarildi. U 16 iyul, yakşanba kuni hibsga olingandi.
«Sud Hussayn Fariydunni hukumatga moliyaviy kafolatlar taqdim etilgaç, ozodlikka çiqardi», - deya xabar bermoqda The Baghdad Post naşri.
Ta'kidlanişiça, u soğliği yomonlaşgani tufayli şifoxonaga olib ketilgan.
Avvalroq Eron prezidentining ukasi moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, hibs qilingani xabar qilingandi.












