Bloomberg agentligi tomonidan ötkazilgan sönggi sörov natijalariga köra, AQŞ prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan sobiq nomzod Hillari Klintonning reytingi rekord darajada pastga şönğidi.

Şu bilan birga, bu körsatkiçlar AQŞ prezidenti Donald Trampnikidan ham yomonroq. Sörovda iştirok etganlarning faqatgina 39 foizi Klintonni qöllab-quvvatlagan – bu prezident Trampnikidan 2 foizga past.

Ta'kidlanişiça, sobiq davlat kotibi maşhur şaxs edi, biroq yangi sörovga köra, u hattoki ötgan yilning noyabridagi saylovlarda özi uçun ovoz bergan tarafdorlarini ham yöqotgan.

AQŞning 42-prezidenti Bill Klintonning rafiqasi bir neça bora nutq bilan çiqiş qilib, Trampni tvitterda ba'zi-ba'zida tanqid ostiga oldi, biroq saylovlardagi mağlubiyatdan söng siyosiy arenadan uzoqlaşdi.