Niderlandiyada Milliy xotira kompleksi oçildi. U Malayziya aviakompaniyasining MH17 reysini amalga oşirayotgan Boeing samolyoti halokatida hayotdan köz yumgan 300ga yaqin yölovçi va ekipaj a'zolarining xotirasiga bağişlangan. Bu haqda NOS.nl xabar bermoqda. 

Xotira kompleksi metall devor va yirik metall köz şaklida barpo etilgan bölib, metall köz yuzasiga aviahalokatda qurbon bölganlarning ism-şarflari qayd etilgan. Ular har bir halok bölgan xotirasiga ekilgan 298 ta daraxt bilan qurşab olingan. 

Xotira anjumanida halok bölganlarning 2 mingga yaqin qarindoşlari, Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr, qiroliça Maksima, boş vazir Mark Ryuttelar ham qatnaşgan. Halok bölganlarning yaqinlari fojia qurbonlarining ism-şariflarini öqib çiqişdi. «Ehtimol bu voqeadan keyin ança vaqt ötgandir, ammo biz uçun keça bölgandek», — degan anjumanda iştirok etganlardan biri. 

Halok bölganlar xotirasi bir daqiqalik sukut saqlaş bilan yodga olindi. Kompleks Amsterdam aeroporti yonida joylaşgan. Halokatga uçragan samolyot uç yil avval şu aeroportdan havoga kötarilgan edi. 

Eslatib ötamiz, MN17 reysini amalga oşirayotgan samolyot 2014 yil yozida Ukraina osmonida urib tuşirilgan edi.