Davlat soliq qömitasi matbuot-markazi iyul oyining birinçi haftasida soliq organlari tomonidan ötkazilgan nazorat çora-tadbirlari yakunlari böyiça aniqlangan huquqbuzarliklar röyxatini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Soliq nazorati natijalariga köra, körsatilgan davrda 4 150 huquqbuzarlik holati aniqlangan.
96 nafar jismoniy şaxs va 1000 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari birinçi marta soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganligi hamda aniqlangan kundan boşlab 30 kun içida uning oqibatlarini bartaraf etganliklari, şuningdek davlatga zararni töliq qoplab berganliklari uçun ma'muriy javobgarlikdan ozod etildi.
Amaldagi qonunçilik talablarini qöpol ravişda buzgan 2 993 nafar şaxsga nisbatan 988,7 mln. söm miqdorida ma'muriy jarimalar qöllanildi.
Quyidagilar huquqbuzarliklar orasida eng “ommaboplari” böldi:
• savdo va xizmat körsatiş qoidalarini buziş, şu jumladan xaridorlarga çek (kvitansiya, hisobvaraq) bermasdan tovarlarni, mahsulotlarni (xizmatlar) sotiş (xizmatlar körsatiş); nazorat-kassa maşinalarini qöllaş tartibiga rioya qilmaslik; pul bilan hisob-kitoblarni amalga oşirişda tölov terminallarini qöllaş tartibiga rioya qilmaslik; narxlarni asossiz oşiriş;
• binolar, inşootlar, turar joylarni notarial tasdiqlangan şartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanişga beriş;
• uy-joyga bölgan mulkiy huquqlarni öz vaqtida rasmiylaştirmaslik;
• soliq organlariga daromadlar töğrisidagi deklaratsiyani öz vaqtida topşirmaslik;
• tadbirkorlik faoliyatini noqonuniy amalga oşiriş;
• avtomobil transportida yölovçilarni taşiş böyiça faoliyatni litsenziyasiz amalga oşiriş;
• soliq organlariga soliq hisobotlarini öz vaqtida topşirmaslik;
• muddati ötgan debitorlik qarzi;
soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaş uçun xizmat körsatuvçi bankka öz vaqtida tölov topşiriqnomasini taqdim etmaslik.

















