Ma'lumki Kun.uz tahririyati ösib kelayotgan yoş avlodga alohida e'tibor qaratadi. Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumaniga uyuştirilgan ijodiy safarimizda ham bu mavzu çetda qolmadi. Bunga elektron poçtamizga yuborilgan murojaat sabab böldi. Uşbu murojaatda aytilişiça, tumandagi Xöjaboğ qişloğida bolalar boğçasi mavjud bölib, bugunga kelib uşbu maskan yopib qöyilgan. Natijada maktab yoşigaça bölgan bolalar boğçaga bora olmay, uyda qolib ketmoqda. Bu, öz navbatida, ularning ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir ötkazişi mumkin.

Mana şu masala yuzasidan ijodiy jamoamiz Şahrisabz tumanida joylaşgan Abziyat qişloğiga yöl oldi. Qişloqdagi maktabgaça ta'lim muassasasiga taşrif buyurar ekanmiz mavjud şaroitni öz közimiz bilan kördik, bu yerning mutasaddisi Lobar Sodiqova bilan suhbatlaşdik.

“Joriy yilning fevral oyidan bu yerda bolalar uçun qisqa muddatli guruhlarni oçişni maqsad qilgan edik. Bunga Prezidentimiz tomonidan mazkur sohada qabul qilingan qarorlari turtki böldi. Bu yer oldin ham boğça bölgan, ammo bolalarning öynaşi uçun zarur şart-şaroitlar bölmagani uçun ota-onalar bolalarini berişni istaşmagan. Şu sabab bu bino ança payt qarovsiz holda yotdi. Mana şu yildan imkon qadar ta'mirlab, bu yerga keldik. Hozirda ikki smenada 50 nafar bola qatnamoqda”.

Aslini olganda binoning holati yaxşi emas. Bundan taşqari, bu yerda bolalar maydonçasi ham, ular öynaşi uçun turli anjomlar ham yöq. Xavfsizlik çora-tadbirlari haqida gap ham bölişi mumkin emas. Sobiq ittifoq davrida dala şiyponi bölgan bu bino bugun kelajagimiz mevalarini öz bağriga olgan. Bu mevalardan ertaga jahon çempionlari, fan olimlari, ijodkorlar va öz sohasining mutaxassislari yetişib çiqadi. Şunday ekan ularga zarur şaroitlarni yaratib beriş zimmamizdagi burç emasmi?

Mazkur holatga Şahrisabz tuman ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş bölimi mudiri Asror Alimardonov izoh berar ekan, şunday dedi: “Xöjaboğ qişloğida joylaşgan mazkur boğça heç bir talabga javob bermagani tufayli biz u yerni vaqtinça yopib qöygan edik. Bolalar esa asosiy filialga ötkazilgan edi. Yuqori taşkilotlarga mazkur filiallarni töla ta'mirdan ötkaziş böyiça tavsiyalarni berganmiz. Bundan taşqari, ularda öz sohasini tuşunadigan kadrlar faoliyat yuritişi uçun pedagogika kollejlari bilan hamkorlik qilyapmiz. Kelajakda tumanning çekka hududlarida faoliyat körsatadigan boğçalarida yetuk kadrlar faoliyat yuritadi”.