Turkiya hukumati tomonidan 2016 yil iyunida amalga oşirilgan davlat töntarişiga uriniş taşkilotçisi sifatida ayblanadigan muxolifatçi Fathulloh Gulen özining ekstraditsiya qilinişiga işonmaydi. 20 yildan ortiq vaqt davomida AQŞ hududida istiqomat qilib kelayotgan Gulenning işonç bildirişiça, Oq uy rahbari Donald Tramp uni topşirib yubormaydi.
«Men bu tahdidni jiddiy qabul qilmayman. Trampning şaxsiy fikridan bexabarman, ammo men u Turkiya prezidenti talabini bajarib, Qöşma ştatlarning xalqaro miqyosdagi obrösi böyiça tavakkal qiladi deb öylamayman. Şu tufayli men bunday ehtimoldan taşvişda emasman», — degan Gulen France 24 efirida.
U Turkiyadagi isyonni tekşiriş uçun xalqaro komissiya tuzişga çaqirgan. Şu bilan birga u agar özining 16 iyul voqealariga aloqadorligi böyiça kiçik bölsa-da isbot topilsa, çipta olişga tayyorligini ma'lum qilgan.












