Doim turli raqamlarga töla maqola yozişdan uzoq bölganman. Çunki, turli raqamlar hisob-kitobi, diagrammalar, grafik asosidagi yeçimlardagi sonlardan iborat maqolani oddiy öquvçiga singdiriş mahol iş. Şunday bölsada, hozirgi kunda juda dolzarb bölib turgan göşt narxiga doir maqolani raqamlarsiz yozib bölmas ekan.
Men vodiyda yaşayman. Boşqa joylardagi singari, ayni kunda öşa kundalik ehtiyoj uçun işlatiladigan göşt mahsuloti narxi - Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ham keskin kötarilib ketdi. Endi vodiyning uç viloyatida 17 iyul kungi göşt narxlari bilan tanişing:
Namangan viloyati (Çorsu bozori, Gözal hududi, Davlatobod bozorlaridagi örtaça narx)
– 1 kg mol göşti – 30 – 33 ming söm
– 1 kg lahm göşt – 36 ming söm
Andijon viloyati (viloyat markazi va tumanlar)
– 1 kg suyakli göşt – 32-34 ming söm
– 1 kg lahm göşt – 38 ming söm
Farğona viloyati (Farğona, Qöqon)
– 1 kg suyakli göşt – 30 - 32 ming söm
– 1 kg lahm göşt – 35 ming söm
Göşt qanday yetiştiriladi?
Narxlar bilan tanişgaç: “Göşt nega qimmat?” degan savolga javob izlaymiz...
Voha va yurtimizning boşqa viloyatlarida qanday bilmadim, lekin vodiy bozorlarida qassoblar söyib sotadigan göşt rastasi asosan - xususiy sektor, ya'ni xonadonlarda yetiştirilgan qoramol va qöy hisobiga töldiriladi.
Tumanlarda yaşovçi aholi xonadonlarida alohida molxona va qöyxonalarda örtaça ikkitadan öntagaça qoramol va qöy boqiladi. Qişloqda tuyoq boqiş öziga yaraşa maşaqqatli iş. Çunki, çorva yetaklab boqiş uçun yaylov hamda uyda yem beriş talab qilinadi. Bördoqiga boqiladigan novvos, ğunajin va qöçqorlar alohida mavzu. Çunki, bördoqi yem-xaşakdan taşqari oqsilga boy ozuqa ham yeyişi kerak.
Kunjara va şölxa, kepak singari köplab kerakli yem-ozuqa viloyatlarda mavjud yoğ-moy korxonalarida işlab çiqariladi. Novvoslarni asosan 2 yoşdan bördoqiga boqiş mumkin. Bitta bördoqi novvosga uç mahal yem beriladi va bu bir oyga örtaça 650 ming söm miqdoridagi ozuqa deganidir.
Xonadonda qoramolni semirtiriş uçun kerak bölgan asosiy ozuqalar narxi:

















