Qirğiziston Milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari respublika hududida sodir etilişi rejalaştirilgan teraktning oldini olişdi. Qömita matbuot xizmati bergan xabarga köra, qöporuvçilardan portlovçi qurilmalar tortib olingan.

"Öş viloyati Qorasuy tumani hududida terrorçilik akti sodir etişga tayyorlangan şaxs uşlandi. U xalqaro terrorçilik taşkiloti a'zosi bölib, uning uyi tintuv qilinganda, 8 kg oğirlikdagi portlovçi moddalar topilgan", deyilgan xabarda.

Musodara qilingan bomba joyida sapyorlar tomonidan zararsizlantirilgan.

Xabar qilinişiça, qölga olingan şaxs Suriya va Iroqda bölgan, jangovar harbiy tayyorgarlikdan ötgan hamda respublika hududida terakt sodir etişni rejalaştirgandi.

Uning yonidan ekstremistik xarakterdagi materiallar, elektron qurilmalar va bomba tayyorlaşda işlatiladigan boşqa vositalar topilgan. Ayni vaqtda unga nisbatan jinoiy iş oçilgan.