“Lugansk xalq respublikasi” vakillari Minskdagi muzokaralarda Malorossiyani tuziş haqidagi ğoyani muhokama qiliş niyatida emas. Bu haqda “LXR”ning Donbass böyiça siyosiy guruhdagi delegatsiyasi iştirokçisi Rodion Miroşnik ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti".

“Biz buni rejalaştirmaganmiz. Bu DXRning içki taşabbusi. Bizda kun tartibi bor hamda unda muhokama etiş va yeçimini izlaş lozim bölgan aniq masalalar belgilab qöyilgan”, - dedi u.

Miroşnikning ta'kidlaşiça, hozirça bu taşabbus Minsk muzokaralari jarayoniga ta'sir körsatmayapti.

Avvalroq «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarçenko yangi davlat – Malorossiya tuzilgani haqida ma'lum qilgandi. Keyinçalik Poroşenko «DXR» rahbarining yangi davlat tuziş haqidagi bayonotiga izoh berdi.