«Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarçenko yangi davlat – Malorossiya tuzilgani haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
«Bizning fikrça, Ukraina davlatini tiklab bölmaydi. Biz, Ukraina sobiq mintaqalari vakillari, Qrimdan taşqari, yangi davlatni tuziş haqida ma'lum qilamiz. U Ukrainaning merosxöri böladi. Biz yangi davlat Malorossiya, deb atalişiga rozimiz, sababi Ukraina nomi obrösizlanib bölgan», - dedi u.
Uning sözlariga köra, Donetsk yangi davlat poytaxtiga aylanadi.
«Malorossiya davlat bayroği sifatida Bogdan Xmelnitskiyning bayroği tan olinadi... Bizning fikrça, Donetsk Xalq Respublikasi, xuddi Lugansk Xalq Respublikasi kabi, Ukrainada qonuniy hukumat saqlanib qolingan yagona hududdir», - dedi u.
Zaxarçenko mamlakatda uç yillik muddatga favqulodda holat rejimini joriy etiş haqida ham ma'lum qildi.

















