Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi. 

Mazkur hujjat 2018 yilning 1 yanvaridan soliq ma'murçiligining yangi mexanizmlarini joriy qilişni közda tutadi. 

Xususan, kelasi yildan mamlakatda:

1 – soliq nazoratining zamonaviy şakli – soliq monitoringi joriy etiladi. U
soliq organlari va halol soliq tölovçilar örtasida ularga joriy soliq soliş masalalarini hal qilişda har tomonlama kömaklaşgan holda kengaytirilgan axborot almaşinuvini nazarda tutadi;
2 –  yirik soliq tölovçilar böyiça soliq ma'muriyatçiligi funksiyalari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar davlat soliq boşqarmalari tomonidan amalga oşiriladi;
3 – vaqtinçalik moliyaviy qiyinçiliklarga töqnaş kelgan halol soliq tölovçilar – xöjalik yurituvçi sub'yektlarga soliq ta'tillari berilişi mumkin;
4 – kameral nazorat natijalari böyiça aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq tölovçilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boşqa majburiy tölovlar summalarini sud tartibida undiriş joriy etiladi;
5 – ortiqça tölangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni qaytariş yoki hisobga oliş soliq tölovçi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boşlab 15 iş kuni içida amalga oşiriladi;
6 – soliq organlariga kirim hujjatlarini rasmiylaştirmasdan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarini 5 bank kunigaça bölgan muddatga vaqtinçalik töxtatib turiş vakolati berilmoqda;
7 – Toşkent, Nukus şaharlarida va viloyat markazlarida onlayn NKMlarini qöllaş orqali naqd pul tuşumi ustidan avtomatlaştirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqiçma-bosqiç kiritiladi;