Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Li Men Bakni qabul qildi. Bu haqda Oq Örda matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qozoğiston rahbari mehmonni taşrif uçun qutladi va unga EXPO-2017 körgazmasida Koreya pavilonining oçilişida iştirok etgani uçun minnatdorçilik bildirdi.
“Ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik sizning rahbarlik vaqtingizda strategik darajaga çiqqan edi. Öşanda mamlakatlar örtasida juda köp amaliy işlar bajarilgan”, - dedi Nursulton Nazarboyev.
Har ikki tomon suhbat davomida qozoq-koreys munosabatlarining istiqboldagi rivoji va uni yanada kengaytiriş haqida söz yuritişdi.











