Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi. Farmon matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Uşbu hujjatda Özbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etişning muhim yönalişlari belgilab berilgan.
1. Soliq ma'muriyatçiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilğor avtomatlaştirilgan tahlil uslublarini keng joriy etiş, soliq tölovçilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub'yektlariga töğridan-töğri muloqotsiz elektron xizmat körsatişga töliq ötiş;
2. Soliq soliş obektlari va soliq solinadigan bazaning öz vaqtida hamda işonçli hisobga olinişini ta'minlaş, vakolatli organlar va taşkilotlar mansabdor şaxslarining soliq soliş masalalari bilan boğliq bölgan işonçli axborotni öz muddatida taqdim etiş böyiça mas'uliyatini kuçaytiriş;
3. Soliq majburiyatlarini bajarişda soliq tölovçilarga har tomonlama kömaklaşiş, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta'sirçan mexanizmlarini işlab çiqiş va soliq tölovçilarning huquqiy madaniyatini oşiriş, soliq nazoratini amalga oşirişning zamonaviy uslublarini joriy etiş;
4. Makroiqtisodiy körsatkiçlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qiliş orqali soliq soliş obektlarini töliq qamrab olişni ta'minlaş va soliq solinadigan bazani kengaytiriş böyiça samarali çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
5. Faoliyat körsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklaşga har tomonlama kömaklaşiş, past rentabelli va zarar körib işlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini soğlomlaştiriş, özaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlaş, soliq qarzi oşişiga yöl qöymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytiriş;
6. Soliq soliş masalalarida, şu jumladan respublika va mahalliy byudjyetlar daromadlarini oşirişning qöşimça zaxiralarini aniqlaş orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, şuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş;
7. Kadrlarni tanlaş va joy-joyiga qöyiş, soliq organlarini ma'naviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan töldiriş böyiça tizimli işlarni amalga oşiriş, şuningdek xodimlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlaş va ular uçun xizmatni ötaşning munosib şart-şaroitlarini yaratiş.
















