Özbekistonda 2018 yil 1 yanvardan soliq nazoratining zamonaviy şakli – soliq monitoringi joriy etiladi. Bu Prezidentning «Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida belgilab qöyilgan.

Soliq monitoringi - soliq organlari va halol soliq tölovçilar örtasida ularga joriy soliq soliş masalalarini hal qilişda har tomonlama kömaklaşgan holda kengaytirilgan axborot almaşinuvini nazarda tutadi.

Farmonda ta'kidlanişiça, yirik soliq tölovçilar böyiça soliq ma'muriyatçiligi funksiyalari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar davlat soliq boşqarmalari tomonidan amalga oşiriladi.

Hujjatda aytilişiça, vaqtinçalik moliyaviy qiyinçiliklarga töqnaş kelgan halol soliq tölovçilar – xöjalik yurituvçi sub'yektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq ta'tillari berilişi mumkin.

Farmonga köra, ötkazilgan kameral nazorat natijalari böyiça aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq tölovçilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boşqa majburiy tölovlar summalarini sud tartibida undiriş joriy etiladi.

Ortiqça tölangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni qaytariş yoki hisobga oliş soliq tölovçi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boşlab 15 iş kuni içida amalga oşiriladi.

Davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylaştirmasdan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarini 5 bank kunigaça bölgan muddatga vaqtinçalik töxtatib turiş vakolati beriladi, deyiladi hujjatda.

Özbekiston rahbari Toşkent, Nukus şaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma'lumotlarning onlayn rejimida berilişini ta'minlaydigan nazorat-kassa maşinalarini qöllaş orqali naqd pul tuşumi ustidan avtomatlaştirilgan nazorat tizimini joriy etiş vazifasini topşirdi. Respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqiçma-bosqiç kiritiladi.

Bundan taşqari, soliq tekşiruvi obektlarini samarali tanlab oliş uçun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etiş xavflarini tahlil qiliş, şuningdek soliq organlari tomonidan yuqori likvidli mahsulotlar haqiqiy işlab çiqariş hajmining doimiy hisobi va nazoratini amalga oşiriş böyiça ixtisoslaştirilgan avtomatlaştirilgan tizim joriy etiladi.

Davlat soliq xizmati organlari xöjalik yurituvçi sub'yektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oşiradi, natijasi böyiça soliq solinadigan bazani aniqlaştiradi.