Özbekiston prezidenti Toşkent şahrida «Adolat saroyi» majmuasini quriş böyiça çora-tadbirlar töğrisidagi farmoyişni imzoladi.
Majmuada Sudyalar oliy kengaşi, Konstitutsiyaviy va Oliy sudlar, Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi odil sudlov muammolarini örganiş Tadqiqot markazi, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta'minlaş böyiça Departamenti hamda Özbekiston sudlar Assotsiatsiyasi joylaşadi.
«Adolat saroyi» majmuasida Özbekistonda taşkil etilayotgan adliya Akademiyasi ham joylaşadi.
Hujjatga köra, bu yerda oçiq sud yiğilişlarini kuzatiş böyiça maxsus zal ham taşkil etiladi. Özbekiston fuqarolari uşbu zalga taşrif buyurişi va mamlakat böylab oçiq jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatişlari mumkin böladi.
Majmua hududida Amir Temurga haykal örnatiladi. Özbekiston badiiy akademiyasi Oliy sud bilan hamkorlikda bir oylik muddatda haykalni yaratiş uçun tanlov e'lon qiladi.
Bundan taşqari, majmuada Adolat akademiyasi eşituvçilarining istiqomat qilişi uçun mehmonxonalar, kutiş joylari, avtoturargohlar va qamoqqa olingan şaxslarni xavfsiz saqlaş uçun joylar quriladi.
















