Oq uy rasmiy vakili Şon Spayserning ma'lum qilişiça, Vaşington Al-Qudsdagi al-Haram al-Quds aş-Şarif bilan boğliq keskin vaziyatdan taşvişda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«AQŞ al-Haram al-Quds aş-Şarif bilan boğliq vaziyatdan juda taşvişda. Bu yer – yahudiylar, musulmonlar va xristianlar uçun muqaddas joy bölib, Qöşma Ştatlar Isroil va Iordaniyani muammoga yeçim topiş uçun harakat qilişga çaqiradi. Bunda muqaddas joydagi xavfsizlikni uşlab turiş birinçi örinda turişi kerak», - dedi u.

Spayserning sözlariga köra, AQŞ voqealar rivojini jiddiy ravişda kuzatib boradi.

Avvalroq Isroil politsiyasi Al-Aqsa masjidi imomiga jarohat yetkazgani xabar qilingandi.