Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika senatori Jon Makkeynga miya saratoni tashxisi qo‘yildi
Foto: Reuters
Amerika Senati a'zosi Jon Makkeynga miya saratoni tashxisi qo‘yildi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi qonunchilik idorasiga tayangan holda.
Agentlikning yozishicha, gap saratonning og‘ir turi – glioblastoma haqida bormoqda. Uning kelib chiqishiga tromb sabab bo‘lgan. Avvalroq, Makkeyn chap ko‘zidagi trombni jarrohlik amaliyoti orqali oldirib tashlagan edi. Ayni vaqtda, Amerikaning boshqa ayrim OAVi senatordagi o‘simta olib tashlangani haqida yozmoqda.
Makkeyn jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Arizona shtati Finiks shahridagi Mayo Clinic shifoxonasining bayonotida aytilishicha, "senator va uning oilasi keyingi bosqich davolanish kursini tanlamoqda". Unda ta'kidlanishicha, "davolash kurslari nurlash va kimyoviy davolashni mujassam etishi mumkin".
Glioblastoma miya saratonining eng ko‘p uchraydigan va eng tajovuzkor turi hisoblanadi. Uni davolashda kimyoviy usul, nurlash va jarrohlik aralashuvi qo‘llanilishi mumkin. Davolash amaliyoti bo‘lmasa, bemor bir necha oy umr ko‘radi, kimyoviy davolash va nurlashda bemor umri 15 oygacha cho‘ziladi. Biroq, ayrim bemorlarda bu muddat 2 yilgacha cho‘zilishi ehtimol.
Mavzuga oid
10:00 / 03.11.2025
«Men g‘alaba qozondim»: saratonni yengib o‘tish tarixi
11:46 / 20.10.2025
50 turdagi saratonni erta bosqichda aniqlovchi qon tahlili sinovdan o‘tkazildi
21:32 / 11.10.2025
Jo Bayden saraton kasalligini davolashning yangi kursini boshladi
08:02 / 29.09.2025