Noma'lum şaxs 15 iyulga ötar keçasi Bekobod şahrida istiqomat qiluvçi O.Ş.ning uyiga, uyda heç kim yöqligidan foydalanib, deraza oynasini sindiriş yöli bilan kirgan. Toşkent viloyati IIB matbuot xizmati xabariga köra, öğri uyda saqlanayotgan seyf içidan 30 mln söm naqd pul, 50 AQŞ dollari, umumiy narxi taxminan 4 mln 9 yuz ming söm bölgan 2 ta tilla nikoh uzugi, 1 juft tilla zirak va 1 ta tilla zanjirni öğirlab, voqea joyida gumdon bölgan. Şu bilan uy egasiga yirik miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

Toşkent viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni O.Ş.ning öğli, 1992 yilda tuğilgan M.O. sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.
14 iyul kuni Böstonliq tumanida istiqomat qiluvçi nafaqaxör T.Z. uyiga kelgan tanişi, uy bekasi T.X. ustidan içki işlar idoralariga murojaat qilgan. Uning sözlariga köra, şu kuni T.X. kelganidan söng, ular spirtli içimlik içişgan va uy egasi uning ta'siridan mast bölib, uxlab qolgan.
Toşkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilişiça, qulay fursatni boy bermagan huşyor-mast bölgan T.X. mezbonning mehmonxonasi şkafida saqlanayotgan jami 8 mln söm pullarini öğirlab, voqea joyidan yaşiringan.
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni T.X. sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.
Çinoz tumanida yaşovçi T.A. ariza bilan murojaat qilib, 5 iyul kuni soat 06:00- 07:30 lar oraliğida noma'lum şaxs uyda heç kim yöqligidan foydalanib, devordan oşib tuşiş yöli bilan kirgan. U uyning yotoqxonasidan umumiy narxi taxminan 3 mln söm bölgan 4 dona tilla uzugi va 500 ming söm pulini öğirlab, juftakni rostlagan.
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Çinoz tumanida yaşovçi, vaqtinça işsiz J.S. sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.
Hozirda, yuqoridagi holatlar böyiça Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilgan.











