Vazirlar Mahkamasining 13.07.2017 yildagi 494-son qarori bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi töğrisidagi yangilangan nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Birinçidan, hujjatda idoraning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari yangilangan va jiddiy kengaytirilgan.

Ikkinçidan, Davlat qömitasining faoliyatini taşkil etişda özgarişlar sodir böldi. Inçunun, Davlat geologiya qömitasi raisi lavozimiga nomzodni mamlakat Boş vaziri taqdim etadi (ilgarigidek Prezident lavozimga tasdiqlaydi va undan ozod etadi). Şuningdek, raisning birinçi örinbosari lavozimi joriy qilindi, maqomi böyiça u vazirning birinçi örinbosariga tenglaştiriladi. Davlat rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.

Uçinçidan, davlat qömitasi xodimlarini moddiy rağbatlantiriş töğrisidagi norma qöşildi. Xususan, ularga uzluksiz iş staji (köp yillik xizmat) uçun har oyda ustamalar tölanadi. Bu ustamalar faqat asosiy iş joyi böyiça xodimning lavozim maoşiga berilgan razryadning tarif stavkasiga nisbatan foizlarda quyidagi miqdorda hisoblab yoziladi: