Ş.Mirziyoyevning «Xalq boy bölsa, davlat, albatta, boy böladi», degan sözlari davlatimiz iqtisodiy hayotidagi uzoq yillarga möljallangan strategik yönaliş şiori ekanligiga hammamiz işonamiz. Çunki bu aksioma va bu haqiqatni heç kimga isbotlaşning hojati yöq.
Xalq boy bölişining bitta yöli bu — işga layoqatli fuqarolarning halol mehnat qilişlari va mehnatlari evaziga munosib daromad topişlaridan iboratdir. Bu örinda davlatning asosiy vazifasi ularga xalaqit bermay, yangi iş joylarini köpayişi uçun qulay şaroitlarni yaratişdan iboratdir. Şu örinda respublikamiz soliq ma'murçiligining ayrim sohalari qançalik bugungi kun talabiga javob berişini körib çiqsak.
Amaldagi me'yorlarga asosan, yakka tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagini bildirgan fuqarolar har oy qat'iy belgilangan soliqlarni tölaşlari kerak. Qat'iy soliq stavkasi tadbirkorlikning faoliyat turi va eng kam iş haqi miqdoriga qarab belgilanadi. Bu tartib soliq undiriş amaliyotida 20 yil atrofida qöllab kelinmoqda va öz vaqtida tadbirkorlikni rivojlantirişda va soliqlarni öz vaqtida töliq undirib olişda ijobiy ahamiyat kasb etgan.
Şu örinda ta'kidlab ötiş kerakki, sönggi yillarda yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortiş ma'murçiligida ijobiy özgarişlar böldi. Jumladan, soliq stavkalarini belgilaşda faoliyat turlarining röyxati kengaytirildi, yakka tadbirkorlarga bir neça işçi yollaşga ruxsat berildi, soliq stavkalarini keskin ösişi kamaydi, ayrim fuqarolarga «Hunarmand» uyuşmasi orqali faoliyat körsatişga ruxsat berildi va hokazo.
Ammo soliq ma'murçiligida faqat şu tartib va özgarişlar bilan çeklanib qoliş bugungi kun talabiga javob bermaydi. Sababi bunday tartibda tadbirkorlikni rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan ayrim hollatlar mavjud, jumladan:
- soliq stavkalarini belgilaşga qaratilgan me'yoriy hujjatlarda ayrim tadbirkorlik turlari röyxatga kiritilmay qoladi;
- oylik daromad va xarajatlar turliça bölişiga qaramay ayrim faoliyat turlariga bir xil soliq stavkalari belgilanadi;
- tadbirkor bir oyda 5 kun işlaydimi, 30 kun işlaydimi, farqi yök, oylik soliq summasini töliq tölaşi şart. Agar tadbirkordan joriy oyda betob bölib qolsa yoki boşqa uzrli sabablarga köra işlamasa ham, bu hol soliqqa tortiş jarayonida inobatga olinmaydi;
- birinçi marta yoki yangi faoliyat turlari bilan şuğulanişni boşlagan tadbirkorlarga, hamda nogiron yoki davlat ijtimoiy muhofazasiga muhtoj boşqa toifadagi tadbirkor fuqarolarga heç qanday imtiyozlar közda tutilmagan.

















