Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida Özbekiston Boş konsulligini oçiş haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar berilgan.
Hujjatda ta'kidlanişiça, qaror «Özbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik şaxslari huquq hamda manfaatlarini samarali himoya qilişni ta'minlaş, ularga sifatli konsullik-huquqiy yordamni körsatiş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining migratsiya oqimlarini monitoring qiliş» maqsadida qabul qilindi.
Qarorga köra, Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga Rossiya TIV hamda Sankt-Peterburg şahri ma'muriyati bilan ikki oylik muddatda Özbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulligini joylaştiriş, şuningdek, uning faoliyatini taşkil etiş bilan boğliq boşqa masalalarni hal qiliş vazifasi yuklandi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston ayni damda Rossiyada ikkita diplomatik vakolatxonaga ega: Moskvadagi elçixona va Novosibirskdagi boş konsullik.












