Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif AQŞ Eronga qarşi yangi sanksiyalar kiritganidan qattiq ğazabda ekanini bildirdi.

Donald Tramp ma'muriyati e'lon qilgan yangi sanksiyalar Eron va AQŞning munosabatlariga yanada salbiy ta'sir körsatadi, degan Eron diplomatiyasi rahbari Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida.

«Yangi sanksiyalar yadro kelişuviga zid. Eron ularni körib çiqadi hamda bu yadro kelişuvi matnini buzadi, degan xulosaga kelsa, javob çoralarini köradi», - deya qöşimça qilib ötdi vazir.

Zarifning eslatişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp avvalroq olti davlat fuqarolariga Qöşma Ştatlar hududiga kirişni taqiqlab qöygandi, ular orasida Eron ham bor.

«Fikrimça, AQŞ rahbariyati Eronga duşmanlik kayfiyatidagi signallar yuborişni töxtatişi lozim. Vaşington Eronga nega qarşi çiqayotganini tuşuna olmayapman. Bu, ularga tahdid uyğotişi mumkin bölgan ittifoqçilari bor ekaniga qaramay yuz bermoqda», - deya ta'kidlab ötdi eronlik vazir.

Avvalroq AQŞ Eronga qarşi yangi sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi.