Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim Vazirlar Mahkamasida amalga oşirilgan özgarişlar haqida ma'lumot berdi. Uning ma'lum qilişiça, Mudofaa vaziri Fikri Işik hamda Adliya vaziri Bekir Bözdoğ boş vazir örinbosarlari lavozimlarini egallaşgan, 5 yangi vazir tayinlangan.

Mehmet Şimşek, Rajab Oqtoğ va Xoqon Çovuşöğli ham boş vazir örinbosarlari bölişdi.

Endilikda şu vaqtgaça Adolat va taraqqiyot partiyasi boş kotibi bölgan Abdulhamid Gul Adliya vaziri, Nuriddin Janikli esa (u Fikri Işikning örinbosari edi) Mudofaa vaziri böldi.

Yildirim bu özgarişlarni «Vazirlar Mahkamasidagi qon almaştiriş» deb baholagan.

Boş vazir örinbosarlari:

Bekir Bözdoğ,

Mehmet Şimşek,

Fikri Işik,

Rajab Oqdoğ,

Xoqon Çovuşöğli;

Vazirlar

Adliya vaziri – Abdulxamid Gul;

Oila va ijtimoiy siyosat vaziri – Fatma Betul Sayan Kaya;

Yevropa ittifoqi işlari böyiça vazir – Umar Çelik;

Fan, sanoat va texnologiyalar vaziri – Faruk Özlu;

Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri – Julide Sarieröğli;

Atrof-muhit muhofazasi va şahar qurilişi işlari vaziri – Mehmet Özxaseki;

Taşqi işlar vaziri – Mavlud Çovuşöğli;