AQŞ Suriya kurdlari mudofaa kuçlariga (YPG) qurol-yaroğ yetkazib beriş hajmini oşirgan. Bu haqda Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim ma'lum qildi.

Turkiya va AQŞ munosabatlari turklar rasmiy Vaşingtonni Suriya kurdlari mudofaa kuçlarini qöllab-quvvatlaşda ayblaşi ortidan taranglaşmoqda. Turkiya Suriya şimolidagi kurdlar taşkilotini terrorçilik taşkiloti deb hisoblaydi. Öz navbatida AQŞ bu kuçlarni IŞIDga qarşi kuraşda qöllaşini iddao qiladi.

«Bunday bahonaning özi jinoyat. Suriyada IŞID xavfi yöq qilingan, AQŞ va terrorçilar (YPG) hamkorligiga sabab qolmagan. Vaşingtonning terrorçilar bilan hamkorligini davom ettirişini qanday tuşuniş kerak? Nega AQŞ ularga yanada köproq qurol yetkazib bermoqda?», deya vazirning sözlarini keltirgan Anadolu agentligi.

Uning sözlariga köra, «YPG terrorçilari taşqaridan yordam kelişiga umid qilişidan foyda yöq, ularning yakson etilişi damlari yaqin».