2017 yilning oxiriga qadar Özbekistonning barça hududlari yer usti raqamli teleuzatiş bilan ta'minlanadi. Bu haqda joriy yilning 17 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Raqamli teleuzatişga ötiş va yer usti muqobil teleuzatişni töxtatiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 502-sonli qarorida ma'lum qilingan. 

Qarorga köra, respublikaning barça aholi yaşaş punktlari raqamli teleuzatmalar uçun zarur 90 komplekt katta va 404 komplekt kiçik quvvatli uskunalar bilan qoplanadi.

Yer osti teleuzatmalarini bosqiçma-bosqiç töxtatiş jadvaliga köra, 2018 yilning 15 iyuligaça Toşkentda, 2018 yilning 5 dekabrigaça esa butun mamlakat böylab uşbu uzatmalar töxtatiladi.

Bundan taşqari, «Özeltexsanoat» AK korxonalariga 5 yil içida 3 million dona televizion priyomniklar işlab çiqariş belgilangan.

Qaror matnida Özbekiston tijoriy banklariga «Mahalla» xayriya jamğarmasini jalb qilgan holda aholiga, ayniqsa, aholining ehtiyojmand qismlari va nafaqaxörlarga raqamli televideniye xizmatlaridan foydalaniş uçun kerakli uskunalar, jumladan, televizorlar, pristavkalar va boşqalarni xarid qiliş uçun imtiyozli iste'mol kreditlarini taqdim etişni kengaytiriş tavsiya etilişi ta'kidlangan.