AQŞning Atlanta şahridagi sud rossiyalik xaker Mark Vartanyanni beş yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U zararli dasturlarni yaratişda ayblangandi.

Mark Vartanyan Citadel dasturini işlab çiqişda iştirok etgan. Jinoyatçilar bu dastur yordamida kompyuterlar hamda şaxsiy bank hisoblariga kirişgan. Mualliflar servisni rus tilidagi yopiq forumlarda sotişgan.

Vartanyan öz aybini töla tan oldi. Hukmni e'lon qilişda, u 2014 yildan beri qamoqda saqlanayotgani ham hisobga olindi. Mark avvaliga Ukrainada istiqomat qilgan, keyin esa Norvegiyaga köçib ötgan.

Vartanyan hibsga olinganidan söng öz aybini rad etdi, biroq 2017 yilning martida tergov bilan hamkorlik qilişga rozi böldi hamda öz harakatlari uçun keçirim söradi. 

Rossiyalik dasturçi joriy yilning bahorida Norvegiyadan AQŞga ekstraditsiya qilingandi.