Şaharlar böylab avtobusda sayohat qiliş, ayniqsa, ularda tunda harakatlaniş insonni çarçatib qöyadi. Örindiqda uxlab qoliş har tomonlama noqulay: sakraysiz, qimirlaysiz, çöçib tuşasiz, tongda esa tanada kuç qolmaydi. Tom Kurier avtobuslarga qulay krovatlar örnatiş lozimligini öylab topdi. Krovatlar bilan jihozlangan ikkita maşinani Los-Anjyeles — San-Frantsisko yönalişi böyiça yölga qöydi. Avtobus 23.00da yölga çiqib, kelasi kuni 7.00da belgilangan joyda böladi.  

Loyihaning nomi - SleepBus. Avtobuslar ikki qavatli bölib, ularda 24 bölim bor va har birida krovat, konditsioner, deraza, öqiş uçun lampa, gadjyetlarni zaryadlaş uçun rozetka örnatilgan. Yölovçilarga çoyşablar va şovqin qaytargiçlar beriladi. Bundan taşqari, SleepBus'da Wi-Fi, qahva, çoy, suv va hojatxona ham mavjud. Har bir bölinma bir yölovçiga möljallangan.  

Çipta narxi 115 dollardan (oddiy avtobuslarda çipta narxi - 25 dollar) boşlanadi. Joylarni bronlaş onlayn amalga oşiriladi. Xizmat iyun oxiridan beri işlamoqda. Agar loyiha özini oqlasa, avtobuslar boşqa yönalişlar böyiça ham krovatlar bilan harakatlana boşlaydi.