Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Formula-1 pilotlari boşining qöşimça himoyasi — Halöni majburiy qilib belgilab qöydi. Bu haqda taşkilotning rasmiy saytidagi xabarda ma'lum qilingan.

FIA’dagilarning qayd etişlariça, qöşimça himoya tizimi 2018 yilgi çempionat maşinalarida paydo böladi. Bu holatda, taşkilotning qöşimça qilişiça, Halo tizimining konstruksiyasi jamoalar tomonidan sinab körilgan variantlarga nisbatan qöşimça ravişda kuçaytiriladi.

Boşni himoya qilişning Halo tizimi 2016 yilda mavsumoldi test poygalari mobaynida Ferrari jamoasi pilotlari Kimi Raykkonen va Sebastyan Fettel tomonidan sinab körilgan edi. Konstruktsiya kokpit yonlari va pilotning oldidagi uç biriktiruv nuqtasiga ega yoy şakli körinişida böladi.

Italyan jamoasidan söng Halo tizimini Formula-1’ning boşqa jamoalari ham sinovdan ötkazgan.

Şuningdek, «Qalqon» deb atalgan, pilot boşini himoyalovçi boşqa bir tizim ham körib çiqilgan. U kokpit oldiga örnatiladigan şaffof qubba şaklida bölgan. Bu tizimni yaqinda bölib ötgan Britaniya gran-prisida Sebastyan Fettel sinab körgan. Poygaçining sözlariga köra, «qalqon»li maşina bilan trassada yurib körgaç, uning boşlari aylangan.