Bozorlarimizda kundalik ehtiyoj uçun zarur bölgan göşt mahsuloti narxining oşib ketişi, aholining haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda. Viloyat hokimliklari va tegişli mutasaddi taşkilotlar uşbu vaziyatdan kelib çiqib, öz hududlarida göşt mahsuloti uçun yagona narx belgilab berayotganidan xabarimiz bor. Xöş, göştning narxini belgilab beriş bilan muammo hal bölyaptimi?

Mutasaddilarning aholi muammosini hal etiş uçun amalga oşirayotgan işlariga  rahmat aytgan holda şuni aytiş mumkinki, erkin bozor iqtisodiyotida narxni bozor belgilaydi. Bizning fikrimizça, bu yöl bilan narx-navoni vaqtinça uşlab turiş imkoniyati tuğiladi, xolos. Tibbiyotda aytilganidek: “Kasallikni tuzatişni özi kamlik qiladi, balki uning kelib çiqiş sabab va omillarini örganib, bartaraf etiş lozim”.

Yurtimizning turli viloyatlaridan saytimizga kelayotgan murojaatlarda qat'iy belgilangan narxda juda sifatsiz göşt sotilayotgani, risoladagidek mahsulotning narxi esa baribir qimmat ekanligi aytilmoqda.

Buxoro şahridan bizga maktub yöllagan Akmaljon Qudratov bu borada öz fikrlarini qöyidagiça bayon qiladi:

“Buxoro bozorlarida göşt narxi asosan 23 000 sömdan sotilişi belgilangan bölsada, göştning sifati hamda sotuvçilarning muomala madaniyati nazoratga olinmagan. 23 ming sömdan sotiladigan göştni olgandan köra, olmagan durust. Sababi, öşa “arzon göşt” oriq yoki qari mollarning göşti bölib çiqadi. Kun.uz saytida berilayotgan maqolalarni doim kuzatib boraman. Göşt nega qimmatlaşgani haqidagi maqolalarda narxning oşişiga sababni ozuqa-yem bilan boğliq ekanligi aytilmoqda. Menimça, göştning qimmatlaşişiga sabablar juda köp. 

Buxoroda mol söyib sotadigan qassoblar töliq nazoratga olinmagan. Bunday deyişga asosim bor. Hozirda qassoblarni birlaştiruvçi "qassoblar" uyuşmasi mavjud bölib, mazkur taşkilot nomigagina faoliyat yuritadi. Çunki 2 yil davomida bir bördoqi voyaga yetguniça çorva boqqan kişi juda köp maşaqqat çekadi. Molni semirtiriş uçun katta mablağ sarflaydi. Lekin molni söyib olgan qassob faqat göştni pulga hisoblab qolgan - kalla, tuyoq, oşqozon, içak, teri va hokazolarni xizmat haqiga tekinga oladi. Bozor narxida uşbu mahsulotlarning narxini keltiradigan bölsak, bitta moldan olinadigan kalla-poça, tuyoq, oşqozon içaklari bilan 150 ming söm atrofida, teri esa ölçamiga qarab 250 mingdan 500 ming sömgaça sotilişi aniq.

Körinib turibdiki, qassob mol egasidan tekin oladigan yuqoridagi mahsulotlardan 750 ming söm atrofida yana 150 kilogram keladigan mol göştini har bir kilosidan 2 ming söm atrofida arzon olişi hisobiga bir million söm foyda qilar ekan. Bitta qassob 1 kunda bir million söm foyda qilsa-yu, çorvador 2,5 yilda nisbatan juda oz foyda qilsa, adolatdan emasku? Nega endi öşa - “Qassoblar uyuşmasi” qassoblarni nazorat qilmaydi?