Bunyodkorlik özbekka xos fazilat. Qonga singgan qadriyat. Ayniqsa, bu sönggi davrda amalga oşirilayotgan islohotlarning hayotdagi ifodasi bölmoqda. Albatta, bu yaxşi va quvonçli manzara. Lekin bu jarayonda dilni xira qiladigan işlar ham, afsuski, yöq emas.
Sönggi paytlarda Toşkent şahrida yangi uy joylar qurilişi qizğin pallaga kirdi. Yangi qurilayotgan uylar hududida şu paytga qadar yaşab kelgan aholi esa örnatilgan tartibda uy-joy bilan ta'minlanmoqda. Ammo ba'zi kimsalarning mas'uliyatsizligi sababmi yoxud boşqa omil tufaylimi, ayrim fuqarolar yarim yillab sarson-sargardon, xavf-xatarda, buzilgan uylarning örnida yaşab kelmoqda.

Gap şundaki, Kun.uz sayti poçtasiga Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Mirobod köçasi, 64-uyda istiqomat qiluvçi Feruza Mahmudova murojaat yölladi. Murojaatda ayni holat bayon etilgan.
Xaqiqatan ham poytaxtning qoq markazida Mahmudovalar oilasi buzilgan uylar örnida istiqomat qilmoqda. Biz ularning oila a'zolari bilan suhbat qildik.

“Hokimiyatga qilgan murojaatlarimizning barçasi besamar ketdi. Iş şu darajaga borib yetdiki, hokimiyat vakillari bizning mahallaga kelişsada, aynan bizga e'tibor qaratmay, hatto salom-alik qilmay qöyişdi. Ayni damdagi ahvolimiz juda noçor. Ikki-uç marta lölilar guruhi hovlimizda izğib yurganini kördik, buyumlarimizni yöqotdik. Tuşuna olmayotgan tomonimiz şunda-ki, mana şu yerda töqqiz nafar voyaga yetmagan bola yaşaydi, nega mutasaddilar bizning işimizni hal qilib berişmayapti? Nega oddiy xalqni bunça qiynaşadi?”, deb öksinib gapirdi biz bilan suhbatda Feruza Mahmudova.

Beş nafar norasidasi bor Feruza Mahmudovaning aytişiga köra, ular kam ta'minlangan oilalar röyxatiga kiradi. Dastlab mana şunday oilalarning muammosi hal etilib, ular uy-joy bilan ta'minlaş tegişli mutasaddi taşkilotlarning vazifasiga kiradi.

Xabaringiz bor, Kun.uz sayti “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yiliga bağişlangan “Oçiq muloqot” loyihasi doirasida Toşkent şahri Yakkasaroy tumani hokimi bilan oçiq muloqot bölib ötişi haqida xabar bergandi. Albatta, bu hokimlik mutasaddilari bilan rejalangan holda e'lon qilingan. Biroq tuman hokim bilan oçiq muloqot taşkil etiş böyiça rejalar quruq gap bölib qolmoqda. Savollarimizga esa uzundan-uzun javobsiz qönğiroqlar bilan javob olmoqdamiz. Umid qilamizki, tuman hokimi bilan oçiq muloqotda uysiz qolayotgan yurtdoşlarimiz murojaatlari borasida aniq javob olamiz. Biz tuman hokimi bilan oçiq muloqot taşkil etiş böyiça mutasaddilardan xabar kutib qolamiz.










