Vazirlar Mahkamasining 14.07.2017 yildagi 497-son qarori bilan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik çaqiruvi rezervida (SÇR) xizmatni ötaşi tartibi töğrisida nizomga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
2015 yilning sentabr oyida quyidagi qoida joriy qilingandi: SÇR xizmatçisi vafot etgan taqdirda, tölangan pul badallari uning yaqin qarindoşiga, merosxöriga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.
Mudofaa vazirligining statistikasiga köra, körsatilgan sanagaça 244 nafar SÇR xizmatçilari pul badallarini tölaşgan (jami summa – 233,5 mln.söm), biroq vafot etganligi sababli harbiy yiğinlardan ötişmagan.
Şu munosabat bilan normaga orqaga qaytiş kuçini berişga qaror qilindi. Ya'ni vafot etgan (halok bölgan) SÇR xizmatçilarining yaqin qarindoşlari, merosxörlari, vasiylari yoki homiylarining murojaatlariga böyiça hatto pullar 2015 yil sentabr oyigaça ötkazilgan taqdirda ham ular qaytariladi.
Bundan taşqari, endilikda SÇR xizmatçisiga III guruh nogironligini (ilgari – faqat I va II guruh) beriş badallarni qaytariş uçun asos bölib xizmat qiladi.












