Linkin Park guruhi solisti Çester Bennington öz joniga qasd qildi. Guruh a'zosi Mayk Şinoda bu ma'lumotni tasdiqlagan.
20 iyul kuni ertalab 41 yoşli Benningtonni Kaliforniya ştatida, Palos-Verdes-Esteytsdagi uyidan jonsiz topişgan. U uyda yolğiz bölgan, uning oilasi şahardan ketgandi.
Ayni vaqtda uning ölimi öz joniga qasd qiliş sifatida tekşirilmoqda.
TMZ portali ma'lumotiga köra, qöşiqçi jamoa bilan fotosessiyaga bir soat vaqt qolganida öz joniga qasd qilgan. Fotosessiyadan keyin turne boşlanişi kerak edi, guruhning navbatdagi konserti 27 iyulga belgilangandi.
Qayd etilişiça, Bennington özining yaqin dösti, may oyida öz joniga qasd qilgan Soundgarden guruhi solisti Kris Kornellning tuğilgan kunida özini öldirdi.
Soundgarden guruhi Nirvana, Pearl Jam va Alice in Chains guruhlari bilan bir qatorda 90-yillar boşida Amerika rok-musiqasi rivojiga katta hissa qöşgan, «Sietl törtligigi»dan biri bölgandi. Kornellning ölimidan söng Çester Bennington öz tvitterida yaqin dösti bilan ta'sirli sözlarda xayrlaşgandi.












